Самарқанд вилояти Иштихон тумани
Мактабгача таълим бўлими
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Korruptsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olish to’g’risida seminar o’tkazildi.

Ishtixon tuman maktabgacha ta’lim tizimida “Mijoz har doim haq” tamoyili ostida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda korruptsiyaning salbiy oqibatlari  to’g’risida seminar o’tkazildi.

Ishtixon tuman maktabgacha ta’lim tizimida “Mijoz har doin haq” tamoyili ostida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda korruptsiyaning salbiy oqibatlari  to’g’risida seminar o’tkazildi. Seminarda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligi v.v.b. B.Ma’mirov, viloyat MTB bosh yuriskonsulti Sh.Aripov, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat bo’limi boshlig’i G.Babaxolov,  tuman prokurorining yordamchisi A.Usmonov, tuman hokimining o’rinbosari O.Tojixonov, tuman davlat, nodavlat va DXSh asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi.

Seminarda maktabgacha ta’lim tizimida “Mijoz har doin haq” tamoyili ostida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklar, korruptsiyaning salbiy oqibatlari, ta’lim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar va yo’nalishlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o’tkazishda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari keng yoritildi.

Seminar savol-javob asosida jonli tarzda qiziqarli o’tkazildi. Seminar ishtirokcilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’liq javob oldi.

Muzokaraga chiqqan seminar ishtirokchilari bir necha taklif va murojaatlari bilan chiqishdi, jumladan: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshxonalarini autsorsing usuliga o’tkazish, “Mo’jizali olam” nomli DXSh asosidagi NMTT raxbari qo’shimcha bitim tuzish masalasida amaliy yordam berish, Oilaviy NMTT raxbari tashkilotini mebel jixozlari bilan jixozlash maqsadida imtiyozli kredit olish, tashkilot quvvatini qo’shimcha 25 o’ringga kengaytirish kabi masalalar bo’yicha takliflar berildi.


Охирги ўзгариш вақти: 02/06/2021 16:59;   Кўрилганлиги: 170
 
Материал манзили: http://ishtixonmtb.uz/news/korruptsiyaning-salbiy-oqibatlarini-oldini-olish-togrisida-seminar-otkazildi
Чоп этилган вақт: 22/09/2021 21:24