Xabarlar

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida ma'lumotlarni yig‘ish

09-09-2021 12:43   22

Ushbu hujjatda quyidagi uchta ma'lumotni yig‘ish texnologiyasi ko‘rib chiqiladi: Internet jahon tarmog‘i orqali javob berish; telefon orqali so‘rov o‘tkazish va portativ qurilmalardan foydalanish (masalan, planshetlar, noutbuklar, smartfonlar, mobil telefonlar). Ushbu texnologiyalar bugungi kunda ba'zi bosqichlarda bir vaqtning o‘zida ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash imkonini beradi.

Aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak ?

27-08-2021 08:23   40

Mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni sifatli tashkil etishga bevosita bog‘liq. Bu jahon tajribasida sinalgan usul. Shu bois O‘zbekistonda ham 2023 yil mustaqillik yillaridagi ilk aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri tashkil etiladi. Bu tadbirga hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Avgust konferensiyasining sho‘ba yig‘ilishi

24-08-2021 14:35   37

Viloyat Avgust konferensiyasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishi Ishtixon tumanida o‘tkazildi. Sho‘ba yig‘ilishida tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari va Ishtixon tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimi-Open EMISda ishlash, tashkilotda axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

BOLAJONLAR SAHNADA

14-08-2021 07:17   51

Maktabgacha ta'lim farzandlarimizdagi ilk iste'dodlar nishonalarini yuzaga chiqaradi. Turli mashg‘ulotlar ularning qiziqish va intilishlarini mustahkamlaydi, to‘g‘ri yo‘lga soladi. Tumandagi 10-DMTTda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, “Mohir qo‘llar” va “Mahorat maktabi” kabi tadbirlar buni yana bir bor namoyon etdi.

Aholini ro‘yxatga olish qachon, qanday shaklda o‘tkaziladi?

11-08-2021 16:29   56

Tayyorgarlik bosqichi aniq va sifatli yakuniga yetkazilgach, 2023 yilning noyabr oyida aholini ro‘yxatga olish ishlari boshlanadi. Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir ma'lumotlarni yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda — qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

MAHORAT MAKTABI PEDAGOGLARIDAN SABOKLAR

08-08-2021 09:51   63

Ishtixon tumanida viloyat maktabgacha ta'lim boshkarmasi tomonidan tashkil etilgan “Mahorat maktabi”ning tajribali pedagog va metodistlari Nilufar Nuriddinova, Mohidil Raxmonova, Maxbuba Tursunovalar ishtirokida pedagog xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. “Mahorat maktabi” tavsiyalari asosida tuman maktabgacha ta'ltim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil kilindi.

Xalqaro press klub o‘tkazildi

04-08-2021 14:56   75

Xalqaro hamkorlar ishtirokida "Maktabgacha ta'lim sohasining 2017-2021 yillar davomida erishilgan yutuqlari va keyingi istiqbolli rejalari" mavzusida Xalqaro press klub o‘tkazildi.

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH - MAMLAKAT AHOLISI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT OLISHNING ENG SAMARALI USULI

30-07-2021 07:52   97

           Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. Shu bois, 2023 yilda mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

TABIATSHUNOS BOLAJONLAR

28-07-2021 14:53   80

Ishtixon tumani 15-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarib bo‘lgach, hovlidagi mo‘jaz gulzorda gullarni kuzatishadi. Tarbiyachi opasi ularga gullarni o‘stirish, parvarish qilish bo‘yicha foydali ma'lumotlar beradi. Bu tarbiyalanuvchilarning tabiatga bo‘lgan munosabatini to‘g‘ri shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish nega 10 yilda bir marta?

23-07-2021 14:21   74

Xo‘sh, nega aynan 10 yilda bir marta? Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Avvalo, 10 yil ichida jamiyatda salmoqli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Avvalgi ro‘yxatga olish usullari samaradorligi sezilarli darajada kamayishi sababli, so‘rovnomalar mazmuniga tuzatishlar, ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash usullariga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.