Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Endi farzandlaringizni maktabgacha ta'lim muassasalariga joylashtirishda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining rasmiy veb-saytlaridagi ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.

Rasmiy veb-sayt orqali MTMlar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish uchun ota-onalarga hamda Davlat xizmatlari markazlariga davlat axborot xizmatlari ko‘rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida doimiy ravishda ko‘rib borish imkoniyatlari yaratildi.

DMTM mudirining imzosi va muhri bilan taqdim etilayotgan muassasadagi bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida mazkur veb-saytdagi sahifalar har haftaning “Dushanba” kunida yangilanib borilmoqda.

Bundan tashqari, ota-onalarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining rasmiy veb-saytining manzili va davlat xizmatlarini ko‘rsatish tuzilmasi (infografika) tuman Davlat xizmatlari markazlari binosining kirish joyiga o‘rnatildi.


Kiritilgan vaqti: 27/06/2018 13:27;   Ko‘rilganligi: 774
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/for-parents/endi-farzandlaringizni-maktabgacha-talim-muassasalariga-joylashtirishda-tuman-maktabgacha-talim-bolimining-rasmiy-veb-saytlaridagi-malumotlardan-foydalanishingiz-mumkin
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 17:04