Xabarlar

"Soglom ayol - buyuk kelajak"

30-03-2021 11:40   35

Sog‘lom turmush tarzini keng tadbik etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maksadida 2021 yil 17-19 mart kunlari sportning voleybol turi bo‘yicha tuman MTB tasarrufidagi barcha tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida "Soglom ayol - buyuk kelajak" shiori ostida sport musobakasi o‘tkazildi. Musobaka yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni 2-DMTT jamoasi, 2 - o‘rinni 22-DMTT jamoasi va 3-o‘rinni 18-DMTT jamoasi qo‘lga kiritishdi. Musobaqa yakunida g‘oliblar jamoalari hamda turli nominatsiyalari soxibalari tuman hokimligi hamda MTBning esdalik sovg‘alari  va faxriy yorliklari bilan takdirlandilar.

Yangikent maxallasida 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'mirdan chiqarildi.

25-12-2020 15:58   49

Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugun, Ishtixon tumanidagi “Yangikent”  mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Tashkilotga “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 200 nafar bog‘cha yoshidagi bolajonlar qabul qilindi.

Ishtixon tumani maktabgacha ta'lim tizimida bolalar qamrovini oshirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish borasida olib borilgan ishlar.

02-12-2020 14:40   125

        Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida keyingi yillarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020 yil 23 sentyabrda “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. 1997 yildagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunda “Maktabgacha ta'lim” deb yuritilgan, yangi Qonunda “Maktabgacha ta'lim va tarbiya” deb yuritilib “Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jixatdan rivojlanishiga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir” deya kengroq ta'rif berilishi barobarida “olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta'limga bir yillik tayyorlashni xam nazarda tutish” ta'kidlangan. Shuningdek yangi “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun xam qabul qilindi.

ISHTIXONDA “SHUKRONAOY KELAJAGI” NOMLI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDAGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

12-11-2020 13:52   130

Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, bu borada tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Tadbirkorlarimiz tomonidan xususiy va davlat sherikchiligidagi tashkilotlar tashkil etilayotganligini esa bu sa'y-harakatlarning natijasi deb baholash mumkin.
Bugun, 7 noyabr kuni Ishtixon tumanidagi “Dehqonobod” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “SHUKRONAOY KELAJAGI” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotini barpo etishga tadbirkor Mardonov Po‘latning 350 mln o‘z mablag‘i va 1 foizlik 1 mlrd 50 mln so‘m bank krediti hisobidan loyixa qiymati 1 mlrd 400 mln so‘mlik qurilish ishlari olib borildi. Tashkilotga “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 50 nafar bog‘cha yoshidagi bolajonlar qabul qilindi.
Tashkilotni foydalanishga topshirish munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi va jamoat tashkilotlari vakillari, 3-sektor raxbari, maxalla raisi hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda tumanda 19 ta DXSH asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari 1 taga ko‘payib 20 tani tashkil etdi.

Ishtixon tumanida DXSH asosidagi MTTlar faoliyati yo‘lga qo‘yila boshladi.

15-06-2020 17:25   228

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2020 yil 15 iyun kuni Ishtixon tumanida ham DXSH asosidagi MTTlar faoliyati yo‘lga qo‘yila boshladi. Jumladan, bugun Ishtixon tumanidagi "Mitti daholar" nomli DXSH asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida COVID-19 pandemiyasi davrida karantin va sanitariya-gigiyena xavfsizligining barcha qoida va me'yorlariga rioya qilgan holda faoliyatiga ruxsat berishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

"5 ta muxim tashabbus- ma'naviy yetuk barkamol shaxs kafolati"

07-10-2019 16:51   536

Ishtixon tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi pedagogika kolleji bilan xamkorlikda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "5ta muxim tashabbus- ma'naviy yetuk barkamol shaxs kafolati" shiori ostida ko‘rgazmali seminar   tadbir tashkil kilindi. Tadbirda Samarkand viloyat maktabgacha ta'lim boshkarmasining ta'lim-tarbiya sifati va metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Sherbek Shomurodov, Ishtixon tuman ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha xokim o‘rinbosari  A.Xasanov, maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri G.Saidmuratova xamda tuman MTB va MTT raxbarlari va xodimlari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari  ishtirok etishdi. 

An'anaviy avgust kengashlari tadbirlari

30-08-2019 10:00   461

Ishtixon tuman maktabgacha ta'lim tizimida Avgust kengashlarini o‘tkazish orqali ta'lim muassasalari rahbarlarining mas'uliyati va tashabbuskorligini, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratlarini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish va ma'naviy yuksaltirish, tarbiyalanuvchilarni jismonan sog‘lom, aqlan barkamol, mustaqil fikrlaydigan va har tomonlama salohiyatli etib voyaga yetkazishda tizimga qaratilgan tub islohotlarni samarali amalga oshirish hamda 2019-2020 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida Ishtixon pedagogika kollejida Avgust kengashlariga xamoxang ravishda 3 ta yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazildi.

17-MTTda "Ochiq eshiklar oyligi" tadbiri o‘tkazildi

22-08-2019 13:56   516

Ishtixon tuman “Xalqobod” MFY xududidagi 17-MTTda "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bo‘lim xodimlaridan D.Napasov va X.Amirovlar, MTT kuzatuv kengashi a'zolari va ota - onalar ishtirok etishdi. Tadbirda ishtirok etganlar MTT faoliyati bilan tanishdilar va o‘z fikr-muloxazalarini bildirib o‘tdilar.

"Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi" tadbirlari

22-08-2019 10:37   576

Ishtixon tumanidagi 13-sonli MTTda "Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi"da bolajonlarimizni sog‘lom va barkamol o‘sishlari uchun sport musobaqalari tashkil etildi.

Ishtixon tumani “Sohibkor” MFYda davlat xususiy sherikchiligi asosidagi «Farangiz-Sarvara» nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

19-08-2019 08:02   480

Tadbirkor Olimjon Qarshiyev bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan Bitimga asosan 2,463 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, fevral oyida qurilish boshlangan edi. Mana 6 oy ichida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan muhtasham bino bunyod etildi.

100 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotiga hududda istiqomad qiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning 17 nafar farzandlari imtiyozli ravishda qabul qilindi.