Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

13-MTTda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri

Ishtixon tuman “Q.Qarshiyev” MFY xududidagi 13-MTTda "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Q.Qarshiyev” MFY raisi I.Ravshanov, bo‘lim mudiri G.Saidmuratova, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan tuman kengashi deputati M.Murodova, MTT kuzatuv kengashi raisi Sh.Omonturdiyev va ota - onalar ishtirok etishdi. Tadbirda ishtirok etganlar MTT faoliyati bilan tanishdilar va o‘z fikr-muloxazalarini bildirib o‘tdilar, jumladan tashkilot guruxlarida televizor mavjud emasligi, 4 ta guruxga yozgi ayvonchalar yetishmasligi, santexnik moslamalarida kamchiliklar mavjudligi, tashkilotda logopediya xizmatiga extiyoj borligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Kuzatuv kengashi a'zolari tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, xomiy tashkilot va ota-onalarga murojaat etildi. Kamchiliklarning ko‘p qismi xomiylar tomonidan bartaraf etilishiga kelishildi.

Kiritilgan vaqti: 15/08/2019 17:00;   Ko‘rilganligi: 447
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/13-mttda-ochiq-eshiklar-kuni-tadbiri
Chop etilgan vaqti: 21/04/2021 05:07