Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

20-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida kaskad usulida seminar trening tashkil etildi.

Joriy yilning 22 iyun kuni Maktabgacha ta'lim bo‘limi  tomonidan 20-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilari uchun trener-metodistlar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali metodistlari ishtirokida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil 18- maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kaskad usulida seminar treninglar tashkil etish to‘g‘risida"gi 88-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 22-iyun kuni Maktabgacha ta'lim bòlimi tomonidan 20-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilari uchun trener-metodistlar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali metodistlari ishtirokida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. Kaskad usulida tashkil etilgan o‘quv amaliy seminarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga, ta'lim tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, o‘qitishning zamonaviy ilg‘or usullarini, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini ta'limiy-tarbiyaviy jarayonga joriy etish natijalari haqida tarbiyachilar o‘zaro fikr va tajriba almashinildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida duch kelayotgan muammolar to‘g‘risidagi savollarga trenerlar tomonidan asosli, amaliy tarzda javob berildi. Ishtirokchilar amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 22/06/2021 07:03;   Ko‘rilganligi: 50
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/20-son-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-kaskad-usulida-seminar-trening-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 16:35