Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

"5 ta muxim tashabbus- ma'naviy yetuk barkamol shaxs kafolati"

Ishtixon tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi pedagogika kolleji bilan xamkorlikda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "5ta muxim tashabbus- ma'naviy yetuk barkamol shaxs kafolati" shiori ostida ko‘rgazmali seminar   tadbir tashkil kilindi. Tadbirda Samarkand viloyat maktabgacha ta'lim boshkarmasining ta'lim-tarbiya sifati va metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Sherbek Shomurodov, Ishtixon tuman ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha xokim o‘rinbosari  A.Xasanov, maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri G.Saidmuratova xamda tuman MTB va MTT raxbarlari va xodimlari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari  ishtirok etishdi. 

Tadbir ishtirokchilari Prezidentimizning kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizning xar tomonlama barkamol bo‘lib o‘sishlari, ta'lim-tarbiya olishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish bilan birga tizimda faoliyat olib borayotgan guruxlarga Ilk qadam Davlat Dasturi asosida ta'lim-tarbiya jarayoni, davlat talablari asosida  tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar faoliyati, tarbiyalanuvchilarning o‘z vaqtida ko‘ngilli dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi, bolajonlar tomonidan tayyorlangan badiiy, musiqiy, teatrashtirilgan dasturlar, jonli tabiat ko‘rgazmasi mexmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 07/10/2019 16:51;   Ko‘rilganligi: 535
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/5-ta-muxim-tashabbus-manaviy-etuk-barkamol-shaxs-kafolati
Chop etilgan vaqti: 21/04/2021 05:22