Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

9-DMTTda "Suv sayli" tadbiri

9-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 2021 yil 26 iyun kuni tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari va tayyorlov guruhi tarbiyachilari uchun "Yozgi sog‘lomlashtirish davrida suv va qumdan foydalanish" mavzusida seminar, "Suv sayli" tadbiri va maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha tarbiyalanuvchilar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Gulchexra Saidmuratova, tuman prokurori yordamchisi Akmaljon Usmonov, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari F. Umrzakova, M. Aliqulova, maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari, metodistlari va tayyorlov guruhi tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 9-son maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari  ishtirokida sahnalashtirilgan “Suv sayli” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida maktabgacha ta'lim tashkiloti metodistlari va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun “Yozgi sog‘lomlashtirish davrida suv va qumdan foydalanish” mavzusida 9-sonli DMTT metodisti Axmatova Maryam o‘z tavsiya va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Shaxmat musobaqalarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida 19-DMTT tarbiyalanuvchisi Erkayev Javoxir 1- o‘rinni, 16-DMTT tarbiyalanuvchisi Xurshidov Xushnudbek 2-o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida 22-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Ilhomova Farida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sportning shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida 11-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Axrolov Ismoil 1- o‘rinni, Samadqulov Temurbek 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida 13-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Usmonova Diyora 1-o‘rinni, 23-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Sultonmurodova Charos 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Musobaqada g‘olib bo‘lgan va tadbirlarda faol ishtirok etgan barcha tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri G.Saidmuratova, tuman prokurorining yordamchisi A.Usmonov va tuman deputatlar kengashi vakillari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 26/06/2021 15:46;   Ko‘rilganligi: 48
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/9-dmttda-suv-sayli-tadbiri
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 17:37