Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Avgust konferensiyasining sho‘ba yig‘ilishi

Viloyat Avgust konferensiyasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishi Ishtixon tumanida o‘tkazildi. Sho‘ba yig‘ilishida tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari va Ishtixon tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimi-Open EMISda ishlash, tashkilotda axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 24/08/2021 14:35;   Ko‘rilganligi: 37
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/avgust-konferentsiyasining-shoba-yigilishi
Chop etilgan vaqti: 22/09/2021 21:35