Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

BOLAJONLAR SAHNADA

Maktabgacha ta'lim farzandlarimizdagi ilk iste'dodlar nishonalarini yuzaga chiqaradi. Turli mashg‘ulotlar ularning qiziqish va intilishlarini mustahkamlaydi, to‘g‘ri yo‘lga soladi. Tumandagi 10-DMTTda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, “Mohir qo‘llar” va “Mahorat maktabi” kabi tadbirlar buni yana bir bor namoyon etdi.

Tadbirga tashrif buyurgan Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari, soha xodimlari va ota-onalar dastlab yig‘ilganlar bolajonlar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlarini maroq bilan tomosha qilishdi.

“Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasida esa kichkintoylar ishtirokida tayyorlangan ko‘rgazmalar namoyish etildi. Guruhlarda o‘tilgan mahorat darslarida tarbiyachilar o‘zaro tajriba almashishdi.

Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari 10-DMTTda amalga oshirilayotgan ishlar, bolalar taomnomasi, mashg‘ulotlar jarayoni bilan ham yaqindan tanishib, o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirishdi.


Kiritilgan vaqti: 14/08/2021 07:17;   Ko‘rilganligi: 51
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/bolajonlar-sahnada
Chop etilgan vaqti: 22/09/2021 20:00