Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Bolalarni maktabga bepul majburiy tayyorlash bo‘yicha tushuntirish materiali, 15/12/2018

olalarni maktabga bepul majburiy tayyorlash bo‘yicha tushuntirish materiali

2018 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Boshlang‘ich ta'limga bolalarni majburiy 1 yillik tayyorlovga bosqichma-bosqich o‘tish choralari haqida"gi 999-sonli qarori tasdiqlangan edi Yangi qarorga ko‘ra, o‘qitish davomida innovatsion pedagogik texnologiyalar, samarali uslub va metodlarqo‘llaniladi.

Bolalarni maktabga majburiy tayyorlash bo‘yicha pilot loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida amalga oshirilgandi. Guruhlar maktabgacha ta'lim muassasalariga bormaydigan bolalardan tarkib topdi.

«Maktabgacha ta'lim vazirligining ekspert guruhi muntazam ravishda ta'lim sohasidagi monitoringni amalga oshirib keladi. Xususan, ular 1-sinf o‘quvchilarida tayyorgarlik darajasi turli ekanligi aniqladilar. . Ba'zi ota-onalar oldindan o‘z farzandlarini to‘lov evaziga tayyorlov kurslarga olib boradilar, ammo har bir oilaning moliyaviy imkoniyati birdek teng emas. O‘qishga tayyor bo‘lmagan bola zo‘riqishniboshdan kechirishini bir tasavvur qiling. U sinfdagi tengdoshlariga nisbatan o‘zi bilimsizroq va intellektual kuchsiz his qiladi. Bu esa uning o‘zini-o‘zi baholashda va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqida aksini topadi. Bu muammo yaxshi tayyorlangan bolalarga ta'sir etmay qolmaydi, chunki pedagog tayyorgarligi past o‘quvchilarga materialni tushuntirgunga qadar kuchli bolalar zerikib o‘tirishga majbur bo‘ladilar. Natijada biz intizomning yomonlashuvi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishini kuzata boshlaymiz. Maktabgacha ta'lim vazirligi barcha uchun teng imkoniyatlarni taqdim etish tarafdoridir. Davlat va xususiy maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini boshlang‘ich ta'limga tayyorlash haqidagi masala «Ilk qadam» dasturi qo‘magida hal etildi. Bu dastur doirasida bolalar zaruriy kompetensiyalarga ega bo‘ladilar. Endilikda Maktabgacha ta'lim muassasaga bormaydigan bolalar ham 1 haftada 15 soat mobaynida mazkur dasturni o‘zlashtiradilar. Agarda bola litsenziya asosida faoliyat yurituvchi maktabgacha tayyorlov muassasasiga qatnayotgan bo‘lsa, u majburiy 1 yillik kursidan ozod etiladi», — deydi Maktabgacha ta'lim vazirligi boshqarmasining bosh mutaxassisi Say Yelena.

Bepul 1 yillik tayyorlov dasturini joriy etish bilan bog‘liq Qaror eng yaxshi jahon amaliyotlari asosida qabul qilindi, bu amaliyotni joriy qilgan mamlakatlar yuqori malakali inson resusrlari hisobiga iqtisodiy rivojlanishda peshqadamlik qilmoqdalar.

«Maktabga tayyorgarlik - ta'limdan to‘liq foydalanishni yaxshilash hamda maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining o‘quv yutuqlarini yaxshilash uchun kuchli asosdir. Bunga bog‘liq ravishda YUNISEF O‘zbekiston hukumatini bir yil bepul va majburiy maktabgacha ta'limni barcha bolalar uchun ta'minlab berish sa'y-harakatini yuqori baholaydi. Bundan tashqari, qisqa muddatlarda maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan erishilgan barcha yutuqlarga ham oliy baho beradi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta'limga bolalarni bepul va majburiy tayyorlov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida pilot shaklida o‘tkazilishi quvonarli holdir.  Endi sifat masalalariga e'tiborni qaratish lozim. Jumladan, gender tenglik, mintaqaviy xilma-xillik va ijtimoiy-iqtisodiy holat kabi masalalarga tegishlidir, - deb ta'kidlaydi Sasha Graumann, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari. - Global darajadagi tadqiqotlar maktabga tayyorlovni ta'minlash qadriyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojini qo‘llab-quvvatlashdan va yaxshilashdan iborat», - deb qo‘shimcha qildi u.

Tajriba guruhlariga o‘quv tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun o‘quv-metodik materiallar va kerakli adabiyot, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, bolalar va sport inventarlari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratildi. Ota-onalar kurs tashkil etilgan muassasadan majburiy 1 yillik tayyorlov dasturi bo‘yicha hujjatlari bilan tanishish uchun olishlari mumkin.

«Bepul bir yillik tayyorlov 1 sinf dasturi o‘rnini bosa olmaydi: bolalar avvalgidek, maktabda hisoblashni va yozishni o‘rganadilar. Hech kim 6 yoshli bolani partaga o‘tkazib, undan 45 daqiqa davomida jiddiy intizomni talab qilmaydi. Majburiy ta'lim kartochkalar, rivojlantiruvchi o‘yinchoq va o‘yinlar, pedagog bilan qiziqarli va imkoniyatli shaklda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. 1-darajali vazifa ichki o‘quv motivatsiyani shakllantirish, nutq rivoji va eshitish idrokini oshirishdir. Yuqori maktabgacha yoshdagi bolalarda dunyoni idrok etishda intellektual faollik va yangi bilimlarga ega bo‘lishga bo‘lgan ehtiyojlar keskin o‘sadi. Maktabgcha tayyorgarlik bolaning dunyoqarashini kengaytiradi va so‘z boyligini shakllantiradi. Bundan tashqari, harf, bo‘g‘in, raqam va atrof-muhitdagi dunyo haqida asosiy tushunchalarni berib boradi. Bolalarda maktab dasturining oson o‘zlashtirilishi uchun mustahkam asosga ega bo‘ladilar», — deb ma'lumot berdi Maktabgacha ta'lim vazirligi Bosh boshqarmasining bosh mutaxassisi Say Yelena.

Tajriba guruhlari uchun 2018–2019 o‘quv yili 2018 yilning 10 dekabrida boshlanib, 2019 yilning 10 avgustida tugaydi. Ovqatlanishni majburiy tashkil qilish nazarda tutilmagan.

«Maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari maktabgacha ta'lim vazirligining hududiy bo‘limlari tomonidan shakllantirriladi. Bizning xodimlarimiz poliklinika va mahallalar bergan ma'lumotlari asosida 2018 yil 1 sentyabr sanasiga 5 yoshu 6 oyga to‘lgan bolalarni aniqladilar, oilalarga tashrif buyurib, ro‘yxatni shakllantirdilar», — deb ta'kidladi Maktabgacha ta'lim vazirligi Bosh boshqarmasining bosh mutaxassisi Say Yelena.

Kurs yakunidan so‘ng bolalarga boshlang‘ich ta'limning majburiy yillik tayyorlovidan o‘tganlari haqidagi davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Guruhda tarbiyalanuvchilar soni 30dan ko‘p bo‘lmaydi.


Kiritilgan vaqti: 19/12/2018 07:18;   Ko‘rilganligi: 604
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/bolalarni-maktabga-bepul-majburiy-tayyorlash-boyicha-tushuntirish-materiali-15-12-2018
Chop etilgan vaqti: 21/04/2021 05:20