Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Ishtixon tumani 21-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi binosida “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida o‘tkazilgan taqdimot to‘g‘risida

Taqdimot tadbirida tuman prokurori tomonidan e'lon qilingan “Eng obod muassasa” nominatsiyasi bo‘yicha 18-maktabgacha ta'lim muassasasi, “Tashabbuskor jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha 3-MTM jamoasi, “Eng ijodkor jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha 6-MTM jamoasi, “Yosh chempionlar” nominatsiyasi bo‘yicha 3-,8-maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-MTM tarbiyachisi O‘tayeva Munira, 5-MTM tarbiyachisi Zavqiyeva Hidoyat, 10-MTM tarbiyachisi Xoliqova Sojida, 3-MTM tarbiyachisi Zagitova Florida, 13-MTM tarbiyachisi Abdullayeva Shoxidalar, “Eng faol musiqa rahbari” nominatsiyasi bo‘yicha 18-MTM musiqa raxbari Xudoynazarova Muxabbat va 5-MTM musiqa raxbari Ergasheva Kimyolar, “Eng faol to‘garak rahbari” nominatsiyasi bo‘yicha 3-MTM to‘garak raxbari Abdurazzaqova Sarvinoz, “Eng pazanda oshpaz” nominatsiyasi bo‘yicha 9-MTM oshpazi Yarqulova Mohira, “Eng bolajon tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 12-MTM tarbiyachisi Gaffarova Mehriniso, “Eng jonkuyar xodim” nominatsiyasi bo‘yicha 5-MTM xodimi Hamrayeva Yelenalar qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan tuman prokurori D.B.Saidqulovga maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlarga ko‘rsatgan beminnat yordamlari uchun tashakkurnoma bildirildi.

Ishtixon tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya berayotgan, o‘z vazifasiga vijdonan yondashayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, musiqa raxbarlarini  munosib taqdirlash, hamda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini aks ettirish maqsadida 2018 yil 2 iyun kuni 21-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi binosida  “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida 2-sektor raxbari, tuman prokurori tomonidan e'lon qilingan nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash hamda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hasanov, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Yavqocheva, tuman hokimligi “Oila markazi” raxbari N.Turdiyeva, 2-sektor rahbari tuman prokurori D.Saidqulov, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i S.Ortiqov, 4-sektor rahbari tuman DSI boshlig‘i A.Tursunov, “Ishtixon ovozi” gazetasi muxbiri G.Usmonova, tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri I.Fozilov, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvonov, tuman xotin-qizlar qo‘mitasining mahallalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislari, tuman “Yoshlar ittifoqi” vakillari, umumiy o‘rta ta'lim maktab direktorlari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.


Kiritilgan vaqti: 26/06/2018 08:17;   Ko‘rilganligi: 1059
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/ishtixon-tumani-21-sonli-bolalar-musiqa-va-sanat-maktabi-binosida-bolalarga-bering-dunyoni-mavzusida-otkazilgan-taqdimot-togrisida
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 16:54