Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Ishtixon tumani maktabgacha ta'lim tizimida bolalar qamrovini oshirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish borasida olib borilgan ishlar.

        Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida keyingi yillarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020 yil 23 sentyabrda “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. 1997 yildagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunda “Maktabgacha ta'lim” deb yuritilgan, yangi Qonunda “Maktabgacha ta'lim va tarbiya” deb yuritilib “Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jixatdan rivojlanishiga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir” deya kengroq ta'rif berilishi barobarida “olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta'limga bir yillik tayyorlashni xam nazarda tutish” ta'kidlangan. Shuningdek yangi “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun xam qabul qilindi.

         Tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan xolda boshlang‘ich ta'limning yuqori sifatini ta'minlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

       Jumladan, 2018 yilda 3-7 yoshli bolalar soni 21114 tani  tashkil etib, shundan 4135 tasi maktabgacha ta'limga qamrab olinib, qamrov foizi 19,6% ni tashkil etgan.

          Olib borilgan targ‘ibot–tashviqot ishlar natijasida 2019 yilda 3-7 yoshli bolalar soni 21670 tani  tashkil etib jami 9558 nafar bolalar kamrab olindi va ushbu kursatkich 44,1% ni tashkil etdi.

           2020 yilning 11 oyi davomida  jami 22267 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lib, shundan 10115 nafar bolalar,  ya'ni 4980 nafari 29 ta DMTT lariga, 2525 nafari  21 ta DXSH MTTlariga va  2700 nafari 108 ta ONMT lariga kamrab olingan bo‘lib, kamrov foizi 45,4% ni tashkil etadi.

           

 Tumanda Davlat-xususiy sheriklik asosida xamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish istagini bildirgan 22 ta tashabbuskor tadbirkorlar o‘z ishlarini muvaffaqiyatli yakunlamoqdalar. Ushbu yangidan tashkil etilayotgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisobiga qamrov 11,3% ga oshishi rajalashtirilgan bo‘lib, jami mavjud nodavlat (Davlat-xususiy sheriklik asosida, oilaviy) maktabgacha ta'lim tashkilotlari tumandagi 5225 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olib 23,4% ni tashkil etadi.

Tuman XTB bilan hamkorlikda umumta'lim maktablaridagi bo‘sh xonalar xisobiga 76 ta, Pedagogika kollejida 2 ta majburiy bepul maktabga tayyorlov guruxlari tashkil etilib 3-7 yoshli bolalarning 2340 nafari, ya'ni 10,5% qamrab olinadi.

Shuningdek, tuman hokimi qarori bilan umumta'lim maktablarining eski binolarini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga aylantirish  hisobiga 19, 24, 25, 27-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi.

2019-2020 yillarda 22 ta DXSH asosidagi NMTTlarda qo‘shimcha quvvat yaratish va qisqa muddatli guruxlar tashkil etish evaziga jami 1125 ta yangi quvvat tashkil etiladi.

Yil yakunigacha tumanda jami maktabgacha ta'lim tashkilotalari soni 166 taga yetib, shundan 29 ta DMTT, 22 ta DXSH MTT, 115 tasi ONMTTlari bo‘lib, ushbu tashkilotlarga jami 13100 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olinib, jami qamrov foizi 58,8 % ga erishiladi.

Tumandagi 7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini investitsiya dasturi doirasida ta'mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Shuningdek, tumandagi mavjud davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini bo‘sh turgan binolarini foydalanishga topshirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish xisobiga ham kamrov darajasini oshirish rejalashtirilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 03/12/2020 13:13;   Ko‘rilganligi: 124
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/ishtixon-tumani-maktabgacha-talim-tizimida-bolalar-qamrovini-oshirish-va-maktabgacha-talim-tashkilotlari-sonini-kopaytirish-borasida-olib-borilgan-ishlar
Chop etilgan vaqti: 21/04/2021 05:19