Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Ishtixon tumani “Sohibkor” MFYda davlat xususiy sherikchiligi asosidagi «Farangiz-Sarvara» nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tadbirkor Olimjon Qarshiyev bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan Bitimga asosan 2,463 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, fevral oyida qurilish boshlangan edi. Mana 6 oy ichida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan muhtasham bino bunyod etildi.

100 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotiga hududda istiqomad qiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning 17 nafar farzandlari imtiyozli ravishda qabul qilindi.

 


Kiritilgan vaqti: 19/08/2019 08:02;   Ko‘rilganligi: 634
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/ishtixon-tumani-sohibkor-mfyda-davlat-xususiy-sherikchiligi-asosidagi-farangiz-sarvara-nomli-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 17:47