Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Ishtixon tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

2021 yil 15 iyun kuni 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tumandagi mavjud 30 ta davlat maktabgacha ta'lim  tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi uch yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega 27 nafar tarbiyachilar o‘rtasida bo‘lib, nizomga muvofiq 5 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va ulardan 5 nafari g‘olib viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
1-nominatsiya:
“Eng yaxshi metodist tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Abdurazzaqova Sarvinoz 1-o‘rinni, 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Komilova Ra'no 2-o‘rinni, 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Ashurova Sanobar 3-o‘rinni egalladi.
2-nominatsiya:
“Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” yo‘nalishi bo‘yicha 5-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Qarshiboyeva Umida 1-o‘rinni, 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Jo‘rayeva Mohigul 2-o‘rinni, 8-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Achilova Shaxnoza 3-o‘rinni egalladi.
3-nominatsiya:
“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Abitova Maftuna 1-o‘rinni, 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Shirinova Iroda 2- o‘rinni, 10-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Adilova Sayyora 3-o‘rinni egalladi.
4-nominatsiya:
“Eng yaxshi g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha tumandagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Absamatova Shaxnoza 1-o‘rinni, 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Xayrullayeva Sevara 2-o‘rinni, 8-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Alimova Dildora 3-o‘rinni egalladi.
5-nominatsiya:
“Mohir qo‘l ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha 26-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Qodirova Nargiza 1-o‘rinni, 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Po‘latova Shaxnoza 2-o‘rinni, 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilot tarbiyachisi Muxammadiyeva Maftuna 3-o‘rinni egalladi.


Oxirgi o‘zgarish: 16/06/2021 10:35;   Ko‘rilganligi: 56
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/ishtixon-tumanida-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 17:46