Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

ISHTIXONDA “SHUKRONAOY KELAJAGI” NOMLI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDAGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, bu borada tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Tadbirkorlarimiz tomonidan xususiy va davlat sherikchiligidagi tashkilotlar tashkil etilayotganligini esa bu sa'y-harakatlarning natijasi deb baholash mumkin.
Bugun, 7 noyabr kuni Ishtixon tumanidagi “Dehqonobod” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “SHUKRONAOY KELAJAGI” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotini barpo etishga tadbirkor Mardonov Po‘latning 350 mln o‘z mablag‘i va 1 foizlik 1 mlrd 50 mln so‘m bank krediti hisobidan loyixa qiymati 1 mlrd 400 mln so‘mlik qurilish ishlari olib borildi. Tashkilotga “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 50 nafar bog‘cha yoshidagi bolajonlar qabul qilindi.
Tashkilotni foydalanishga topshirish munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi va jamoat tashkilotlari vakillari, 3-sektor raxbari, maxalla raisi hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda tumanda 19 ta DXSH asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari 1 taga ko‘payib 20 tani tashkil etdi.








Oxirgi o‘zgarish: 12/11/2020 14:26;   Ko‘rilganligi: 277
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/ishtixonda-shukronaoy-kelajagi-nomli-davlat-xususiy-sheriklik-asosidagi-maktabgacha-talim-tashkiloti-oz-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 16:45