Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat va tarmoq xizmatlarini (Oren YEMIS) elektron shaklga o‘tkazish va veb-saytlar orqali xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 4-sonli Hay'at qarorining 15-bandi hamda Adliya vazirligi
huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 2018 yil 20 avgustdagi
1-7-4/3-373-sonli xati hamda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2018 yil 28 avgustdagi 153-sonli buyrug‘i asosida belgilangan vazifalar jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari to‘g‘risida ma'lumotlarning haqqoniyligini ta'minlash, ushbu sohadagi ta'lim boshqaruvida innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida ta'lim boshqaruvi axborot tizimi (Oren YEMIS) faoliyatini 2018 yil 1 apreldan boshlab tumandagi DMTMlar tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilar  to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jumladan, MTMdan chiqib ketgan (maktabga chiqib ketgan, ko‘chib ketgan, uzoq muddat sababsiz kelmayotgan) tarbiyalanuvchilarni axborot tizimidan chiqarish hamda yangi qabul qilingan tarbiyalanuvchilarni kunlik axborot tizimiga kiritib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat va tarmoq xizmatlarini (Oren YEMIS) elektron shaklga o‘tkazish va veb-saytlar orqali xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish to‘g‘risida

 (P.Turdiyev, bo‘lim xodimlari)

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 4-sonli Hay'at qarorining 15-bandi hamda Adliya vazirligi
huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 2018 yil 20 avgustdagi
1-7-4/3-373-sonli xati hamda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2018 yil 28 avgustdagi 153-sonli buyrug‘i asosida belgilangan vazifalar jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari to‘g‘risida ma'lumotlarning haqqoniyligini ta'minlash, ushbu sohadagi ta'lim boshqaruvida innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida ta'lim boshqaruvi axborot tizimi (Oren YEMIS) faoliyatini 2018 yil 1 apreldan boshlab tumandagi DMTMlar tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilar  to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jumladan, MTMdan chiqib ketgan (maktabga chiqib ketgan, ko‘chib ketgan, uzoq muddat sababsiz kelmayotgan) tarbiyalanuvchilarni axborot tizimidan chiqarish hamda yangi qabul qilingan tarbiyalanuvchilarni kunlik axborot tizimiga kiritib borilmoqda.

MTMning infrastrukturasi (MTM joylashgan hudud o‘lchami, MTM
binosi, qavatlar, xonalar, MTMning binosi, kommunal va kommunikatsiya
holati)i, MTM tarbiyalanuvchilarining sog‘ligi to‘g‘risidagi tashhisi,
MTM geolokatsiyasi (joylashuv o‘rni)ni hamda MTM joylashgan hududini
(shahar yoki qishloq hududida) axborot tizimiga kiritildi.

Oren YEMIS axborot tizimiga kirish uchun berilgan login va
parollarning maxfiyligini va ma'lumotlarning saqlanishiga MTM
mudirlarining mas'ulligi va javobgarligi belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
28 martdagi 244-sonli qaror bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma'muriy reglamenti asosida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimida Ma'muriy reglamentiga qat'iy rioya qilinmoqda, MTMlar tomonidan mavjud bo‘sh o‘rinlar yoki bo‘sh o‘rin mavjud
bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bo‘limga taqdim etib borilishini
qat'iy nazorat olinmoqda.

Bolalarni MTMga qabul qilish bo‘yicha imtiyozli va umumiy
navbatlarni alohida shakllantirish, yo‘llanma berilgan va navbatga qo‘yilganligini tasdiqlovchi rasmiy blankalarni har bir MTM uchun alohida tutilgan yig‘ma jildlarga tartib bilan tikib borilmoqda.

Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2018 yil 28 maydagi
109-sonli hamda tuman maktabgacha ta'llim bo‘limining 201 yil 30 maydagi 123-sonli buyruqlariga asosan tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining
(vakolatli organ) rasmiy veb-sayti sahifalarida DMTM to‘g‘risidagi
ma'lumotlar muntazam ravishda yangilab borilmoqda, jumladan, bo‘sh
o‘rinlar mavjud bo‘lgan va bo‘lmagan maktabgacha ta'lim muassasalari haqida
ma'lumotlarni joylashtirishi bo‘yicha qat'iy nazorat o‘rnatilgan.

 


Kiritilgan vaqti: 24/11/2018 07:41;   Ko‘rilganligi: 573
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-muassasalarida-davlat-va-tarmoq-xizmatlarini-oren-emis-elektron-shaklga-otkazish-va-veb-saytlar-orqali-xizmat-korsatish-holatini-organish-togrisida
Chop etilgan vaqti: 21/04/2021 05:24