Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

MTTDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK

Bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish asosiy maqsadimizdir!
                                                                                                                                                           Sh.M.MIRZIYOYEV.

Bugun tumanimizdagi 9-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand Davlat Tibbiyot instituti , Yuz-jag‘ jarrohlik kafedrasi assisentlari Dilshod Maqsudov, Fazliddin Musurmonov, Dinali Axmedov, Fayoz Yunusov, Botir Suvonovlar bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazishdi.
 “Sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu tibbiy ko‘rikda bolalarda yuz va og‘iz bo‘shlig‘ida uchraydigan kasalliklar belgilari aniqlanib, shu bo‘yicha tibbiy maslahatlar, lozim bo‘lganda esa yo‘llanmalar berildi.
-  Ushbu amaliyotni kelgusida davom ettirishni mo‘ljallayapmiz. Bunda tarbiyalanuvchilarda bo‘lgan ba'zi nuqsonlar erta aniqlanadi va ularni bartaraf etish imkoniyati ham yuqori bo‘ladi, - deydi tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Gulchexra Saidmurodova.
Tibbiy ko‘rik so‘nggida DMTT direktori Xurshida Safarova shifokorlarga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirdi.


Oxirgi o‘zgarish: 11/06/2021 14:27;   Ko‘rilganligi: 8
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/mttda-bepul-tibbiy-korik
Chop etilgan vaqti: 17/06/2021 01:38