Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

MTTDA KITOB YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

Tumanimizdagi 7-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha pedagog xodimlari, tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. 

Yarmarkaning asosiy qismini adabiy ertaklar, o‘zbek xalq maqollari va she'riy kitoblar tashkil etdi.
Farzandining har tongda bog‘cha tomon oshiqishi, kun sayin qiziqishlari oshib borayatganligini ko‘pchilik ota onalar mamnuniyat bilan so‘zladilar.

Tadbir so‘ngida ota onalar tomonidan xarid qilingan rang-barang kitoblar bolajonlar va DMTTga sovg‘a qilindi.


Kiritilgan vaqti: 13/07/2021 17:19;   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/mttda-kitob-yarmarkasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 17:22