Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

“MULKI TURON” QO‘G‘IRCHOQ TEATRI ISHTIXONDA

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolajonlari uchun viloyat “MULKI TO‘RON” nomli qo‘g‘irchoq teatri jamoasining to‘rt nafar xodimlari tomonidan “SEHRLI TOSH – LAYLAK SEHRI” ertagi jonlantirildi. 

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolajonlari uchun viloyat “MULKI TURON” nomli qo‘g‘irchoq teatri jamoasining to‘rt nafar xodimlari tomonidan “SEHRLI TOSH – LAYLAK SEHRI” ertagi jonlantirildi. Sahnadagi ertak qahramonlari o‘z tomoshalari bilan bolajonlarning kayfiyatini ko‘tarish bilan bir qatorda ertak barcha bolalarga manzur bo‘lib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tomoshalar navbati bilan tumanizning barcha MTMlarida qo‘yilib kelmoqda.

Bunday tomoshalardan asosiy maqsad, ushbu kichik qo‘g‘irchoq teatri o‘g‘il-qizlarning aktyorlik qobiliyatini shayellantirish, ertakdagi yaxshilik va yomonlik g‘oyalari aks etishi va oxir oqibatda ezgulik qaror topishi bilan birga, egri yo‘lning oxiri voy ekanligini anglashlari muhim ahamiyatga egadir.


Kiritilgan vaqti: 16/07/2021 17:32;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/mulki-turon-qogirchoq-teatri-ishtixonda
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 16:02