Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunini to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning

3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunini to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. E'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4 yanvar kuni «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalarida chop etildi. Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda «korrupsiya», «korrupsion huquqbuzarlik» va «manfaatlar mojarosi» kabi tushunchalarga izoh berilgan. Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan. Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning

3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunini to‘g‘risida

 (G.Saidmuratova, ta'lim muassasa rahbarlari)

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. E'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4 yanvar kuni «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalarida chop etildi. Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda «korrupsiya», «korrupsion huquqbuzarlik» va «manfaatlar mojarosi» kabi tushunchalarga izoh berilgan. Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan. Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tilgan.

Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta'minoti, har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralar qatoridan esa ma'muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.

Ma'muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro‘yxatiga ularning batafsil reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kiritilgan.

Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da'vat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha unga oshkor bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.

Korrupsion jinoyat to‘g‘risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida yolg‘on ma'lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.

Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, mazkur shaxslar yoki shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan aktlar to‘g‘risida ma'lumot olish huquqiga ega ekanligini ko‘zda tutadi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar OAVga korrupsiya bilan bog‘liq hodisalar, dalillari, voqealar va jarayonlan to‘g‘risida jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlashga doir chora-tadbirlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlashga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: 

          korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlarining korrupsiyaning holatini va tendensiyalarini tizimli tahlil qilishga asoslangan samarali ishini tashkil etish, ularning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik; 

          korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik ta'minoti darajasini oshirish, ularning ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
          sudlarning mustaqilligi va erkinligini, ular faoliyatining ochiqligini ta'minlash; 

          korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari o‘rtasida muvofiqlashtirishni va hamkorlikni ta'minlash; 
          jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta'minlash; 

          korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishini ta'minlash; 

korrupsiyaga qarshi kurashning samarali jinoyat-huquqiy va jinoyat-protsessual mexanizmlarini yaratishdan iboratdir.

 


Kiritilgan vaqti: 24/11/2018 07:38;   Ko‘rilganligi: 509
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-3-yanvardagi-korruptsiyaga-qarshi-kurash-togrisidagi-qonunini-togrisida
Chop etilgan vaqti: 21/04/2021 06:14