Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

“XAYR BOG‘CHA, SALOM MAKTAB!”

Bugun tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti tasarrufidagi jamoalarning vakillari yana bir ana shunday quvnoq va hayajonga to‘la tadbirning shohidi bo‘lishdi. 3-maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan “Xayr bog‘cha, salom maktab!” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda bolajonlar o‘zbek, rus va ingliz tilida yod olgan she'rlarini mahorat bilan o‘qib, go‘zal qo‘shiq va raqslar ijro etishdi. Ajoyib sahna ko‘rinishlari va boshqa chiqishlari bilan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillarining olqishlarini oldilar. O‘z navbatida ota-onalar ham farzandlari kamoloti uchun jon kuydirgan tarbiyachilar va MTT jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

- Bu yil muassasamizda ta'lim-tarbiya olgan 55 nafar bolajonlar maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi,- deydi MTT direktori Ra'no Achilova.- Ular tajribali va jonkuyar tarbiyachilar qo‘lida “Ilk qadam” va “Bolajon” dasturlari asosida ilk bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Biz tarbiyalanuvchilarimizning maktabda ham eng faol o‘quvchilar safida bo‘lishlariga ishonamiz.

Tadbirda bolajonlar o‘zbek, rus va ingliz tilida yod olgan she'rlarini mahorat bilan o‘qib, go‘zal qo‘shiq va raqslar ijro etishdi. Ajoyib sahna ko‘rinishlari va boshqa chiqishlari bilan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillarining olqishlarini oldilar. O‘z navbatida ota-onalar ham farzandlari kamoloti uchun jon kuydirgan tarbiyachilar va MTT jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2021 06:33;   Ko‘rilganligi: 236
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/xayr-bogcha-salom-maktab
Chop etilgan vaqti: 22/09/2021 20:59