Yangikent maxallasida 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'mirdan chiqarildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugun, Ishtixon tumanidagi “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Tashkilotga “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 200 nafar bog‘cha yoshidagi bolajonlar qabul qilindi.
Mazkur davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 6 ta mashg‘ulot xona, 1 ta musiqa zali, 1 ta direktor xonasi, 1 ta metodist xonasi, 1 ta hamshira xonasi, 1 ta oshxona, 1 ta ovqatlanish xonasi 1 ta kir yuvish xonalaridan iboratdir.
Bundan tashqari, tashkilot hovlisida 2 ta bolalar o‘yin maydonchasi (xar xil atraksionlar), 2 ta sport maydonchasi, 2 ta basseyn, 6 ta yozgi ayvonchalar va 4 ta qum maydonchalari tashkil etilgan.
Tashkilotni foydalanishga topshirish munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi va jamoat tashkilotlari vakillari, maxalla raisi hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish uchun 2 millard 908 million so‘mlik loyihalar asosida, “Baxrom qurilish ashyo” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi.
Kiritilgan vaqti: 25/12/2020 15:58; Ko‘rilganligi: 48
Chop etilgan vaqti: 21/04/2021 04:05