Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” va “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 528-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlarining sohaga oid kasbiy bilimlari va ko‘nikmalarini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va xavfsiz ovkatlantirishni hayotga keng targ‘ib etish, maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlarining ijodiy izlanishlarini jonlantirish, taomlar retsepturasi, tayyorlanish texnologiyasi, sifatiga ko‘yiladigan talablar, tarkatish koidalari, bolalar va o‘smirlar uchun belgilangan oziq-ovkat maxsulotlari me'yorlari va taomlar hajmi hamda sanitariya-gigiyena talablariga oid bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlarining o‘z mutaxassisligini chuqur o‘rganishga kiziqishini oshirish uchun kulay shart-sharoitlarni yaratish,  tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va xavfsiz ovkatlantirishni tashkil etish sohasiga oid ta'limning izchilligi va uzluksizligini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlarining kasbiy mahorati, ma'naviy-axloqiy fazilatlari hamda ularning tashabbuskorligi hakida jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida 2018 yil 11-13 iyun' kunlari 5-son maktabgacha ta'lim muassasasida  “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” va “Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.

 Ko‘rik-tanlovni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi, tuman DSENM sanitariya bo‘limi hamda tuman MTB kasaba uyushmasi vakillari baxolab borishdi. Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra 1-faxrli o‘rinni 8-maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi Sattarova Ma'mura, 2-o‘rinni 6-maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi To‘rayeva Gulshan, 3-o‘rinni 9-maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi Turopova Zulxumorlar egallashdi, shuningdek tanlovda “Eng tashabbuskor oshpaz”, “Eng ijodkor oshpaz”, “Eng izlanuvchan oshpaz”, “Eng zukko oshpaz”, “Eng  faol oshpaz”, “Eng kuvnoq oshpaz”, “Eng yosh oshpaz”  nominatsiyalari g‘oliblari xam aniqlanib esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yilning eng namunali oshxonasi” ko‘rik-tanlovida qatnashgan 8-davlat maktabgacha ta'lim muassasasi oshxonasi 83 ball bilan 1-o‘rin, 5-davlat maktabgacha ta'lim muassasasi oshxonasi 81 ball bilan 2-o‘rin,  13-davlat maktabgacha ta'lim muassasasi oshxonasi 80 ball bilan 3-o‘rin g‘oliblari deb topildi.


Kiritilgan vaqti: 27/06/2018 13:17;   Ko‘rilganligi: 861
 
Material manzili: http://ishtixonmtb.uz/oz/news/yilning-eng-yaxshi-maktabgacha-talim-muassasasi-oshpazi-va-yilning-eng-namunali-oshxonasi-korik-tanlovlari-togrisida
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 17:25